background cover of music playing
Kelibdi - Ziyoda

Kelibdi

Ziyoda

00:00

03:03

Similar recommendations

Lyric

Yor uyiga kelin poshsha, ibo bilan kelibdi

Kuyov to'ra yuragida, shifo bilan kelibdi

Asta asta qadam bosar, qutlug' bo'lsin qadamlar

Asta asta qadam bosar, qutlug' bo'lsin qadamlar

Hayo bilan xirom aylab, humo bilan kelibdi

Kelibdi kelibdi, humo bilan kelibdi

Kelibdi- yo kelibdi sarpo bilan kelibdi

To'y oqshomi xonadonga, nur taralib bir zumda

To'y oqshomi xonadonga, nur taralib bir zumda

Go'yo tundan quyosh chiqib, ziyo bilan kelibdi

Nazokati chiroyi, yoshligiga nur qo'shib

Andisha-yu odob ekan, sarpo bilan kelibdi

Kelibdi kelibdi, humo bilan kelibdi

Kelibdi-yo kelibdi, sarpo bilan kelibdi

Uzukka ko'z qo'ygan misol, kuyov bola yonida

Go'yo kuyov Tohir bo'lib, Zuhro bilan kelibdi

Sevgi baxtin ko'z-ko'z etar, ko'z tegmasin baxtiga

Sevgi baxtin ko'z-ko'z etar, ko'z tegmasin baxtiga

Boshiga baxt qushi qo'nib, humo bilan kelibdi

Kelibdi kelibdi, humo bilan kelibdi

Kelibdi-yo kelibdi, sarpo bilan kelibdi

Bu dargohdan ketmas bo'lib, kelgan bo'lsin ey Mo'min

Bu dargohdan ketmas bo'lib, kelgan bo'lsin ey Mo'min

Yuragida ahd-u paymon, vafo bilan kelibdi

Nazokati chiroyi, yoshligiga nur qo'shib

Andisha-yu odob ekan, sarpo bilan kelibdi

Kelibdi kelibdi, humo bilan kelibdi

Kelibdi-yo kelibdi, sarpo bilan kelibdi

Kelibdi kelibdi, humo bilan kelibdi

Kelibdi-yo kelibdi, sarpo bilan kelibdi

- It's already the end -